So’nggi 24 soat ichida Turkiyada koronavirusning yangi turi bilan kasallanish holatlari 1,7 mingdan oshdi, buni shanba kuni Turkiya Sog’liqni saqlash vaziri Faxrettin Koja ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

“So’nggi 24 soat ichida 7, 641 ta sinov testi o’tkazilib, 1, 704 ta yangi holat (koronavirus infeksiyasi) qayd etildi. 16 ta bemor vafot etdi. Endi o’limning umumiy soni 108 tani tashkil etmoqda, bemorlarning soni esa 7, 402 taga yetdi”, deb yozdi vazir o’z Twitter’ida. Kojining so’zlariga ko’ra, koronavirus tufayli kelib chiqqan kasallikdan sog’ayib ketgan bemorlarning umumiy soni 70 kishini tashkil etdi.

Yangi koronavirus birinchi marta 10 mart kuni Turkiyada Yevropadan qaytib kelgan mahalliy aholidan aniqlangan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 600 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 27 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.