Bugun Qozog’istonda koronavirus infeksiyasidan sog’ayib ketganlar soni 18 nafarga yetdi, deya xabar beradi “Tengrinews” axborot agentligi.

Foto: Kazinform

“Bugun ikki kishi kattalar yuqumli kasalliklar shifoxonasidan chiqarildi. Bir kishi 1962 yilda tug’ilgan. U charter reys bilan 13 mart kuni Berlin-Minsk-Olmaota shahriga yo’l olgan. Ikkinchisi 1995 yil tug’ilgan, 15 martda Seul-Olmaota reysi bilan kelgan”, dedi mamlakat Sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i.

Hozirga qadar Olmaotada sog’aygan beshta bemor shifoxonadan chiqarildi, ulardan biri 12 yoshli bola . Ularning barchasi tibbiy nazorat ostida 14 kunlik uy karantinida bo’ladi, deyiladi xabarda.

Shunday qilib, Qozog’istonda koronavirus infeksiyasidan sog’ayib ketganlar odamlar soni 18 kishiga yetdi. Nur Sultonda koronavirusni davolashdan keyin 13 bemor shifoxonalardan chiqarilgan.

Bu vaqtga kelib mamlakatda 228 ta COVID-19 infeksiyasi holati tasdiqlandi.

Avvalroq ushbu mamlakatda bir nafar bemor vafot etgani haqida berilgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 600 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 27 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.