Shveysariya texnologiyalari va xalqaro standartlar asosida ishlaydigan SWISS LAB klinik-tashhis laboratoriyalari tarmog‘i 2020 yilda birinchilardan bo‘lib yangi koronavirusni aniqlash uchun maxsus tashhis testlarini qabul qilib oldi. Ushbu test vositalari sinovdan o‘tgan bo‘lib, ko‘plab davlatlarning sog‘liqni saqlash tizimiga joriy qilingan.

Foto: Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Hozirda COVID-19 virusi tarqalishining oldini olish va tezkor harakat qilish zaruriyatini inobatga olib, laboratoriya O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi va Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilib, zarur moddiy-texnik bazaga ega xususiy laboratoriyalariga koronavirus infeksiyasini tashhis qilishga ruxsat berish taklifi bilan chiqqan.

Ma’lumki, yangi COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan kurashishda eng samarali choralar – kasallikni erta tashhis qilish va muloqotga kirishadigan shaxslarni izolyasiya qilishdir. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi virusning aholi orasida tarqalishiga qarshi keng ko‘lamli choralar ko‘rmoqda. Kasallik belgilariga ega shaxslar va muloqotga kirishgan shaxslarning tekshirilishi shular jumlasidandir.

Shu bilan birga vaziyat juda keskin rivojlanmoqda, dunyoda kasallanganlar soni ortib bormoqda. Davlat sog‘liqni saqlash tizimiga ortib borayotgan yuklamani inobatga olib, tijorat laboratoriyalarga ham tashhis ishida ko‘maklashishga ruxsat bersa, keng aholini qatlamini tekshirish yo‘li bilan barqaror va nazorat qilinishi mumkin bo‘lgan vaziyatga erishish mumkin bo‘ladi.

Hukumat va laboratoriya o‘rtasida kelishuv amalga oshgan taqdirda, barcha tashxislar davlat sanitariya-epidemiologiya xizmatining nazorati ostida olib boriladi. Ijobiy natijalar aniqlanganda, bemorlar davlat klinikalarida malakali mutaxassislar nazorati ostida davolanish uchun yo‘naltiriladi.