Federal Biotibbiy agentligi antimalarial dori “mefloxin” asosida koronavirus infeksiyasini davolash uchun preparatni taqdim etdi. Bu haqida agentlik matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda “RIA novosti”.

Foto: RIA novosti

Hisobotda qayd etilishicha, “Farmzashita” ilmiy-ishlab chiqarish markazi Xitoy va Fransiya tajribasini hisobga olgan holda davolash sxemasini ishlab chiqdi.

“Yuqori selektivlikka ega bo’lgan preparat koronavirusning hujayra muhitida sitopatik ta’sirini bloklaydi va uning ko’payishini oldini oladi hamda “mefloxin”ning immunosupressiv ta’siri virus tufayli kelib chiqqan yallig’lanish reaksiyasini faollashtirishni oldini oladi. Maklorid antibiotiklar va sintetik penitsillinlarning qo‘shilishi ikkilamchi bakterial-virus sindromi shakllanishiga to‘sqinlik qilibgina qolmay, balki qonda va o‘pkada virusga qarshi vositaning konsentratsiya darajasini oshirish imkonini beradi. Bu turli darajadagi koronavirus infeksiyasi bo’lgan bemorlarga samarali davolanishni ta’minlaydi”, deb yozadi matbuot xizmati FMBA rahbari Veronika Skvortsovadan iqtibos keltirib.

Bundan tashqari, “mefloxin” asosida koronavirus profilaktikasi bo’yicha samarali va xavfsiz sxema ishlab chiqilmoqda, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Ishlanmani mamlakat Sog‘liqni saqlash tavsiyalari ro‘yxatiga kiritish taklif qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 600 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 27 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.