Rossiya Federal tibbiy-biologiya agentligida o‘pkani sun’iy shamollatadigan yangi apparat namunasini yaratildi. Ushbu apparat bir vaqtning o‘zida to‘rtta bemorning o‘pkasiga havo beradi. Agentlik rahbari Veranika Skvorsova mamlakat televideniyasining birinchi kanali orqali chiqish qilib, shu haqda ma’lum qildi.

Foto: Claudio Furlan/LaPresse via AP

Uning aytishicha, mazkur tizim shu kabi xorijiy apparatlardan shunisi bilan farq qiladiki, unda bakterisidli filtrlar o‘rnatilgan va u bemorlar bir vaqtda apparatga ulangan paytda bir-biriga kasallikni yuqtirmaydi.

“Dushanbadan boshlab apparatni ishlab chiqarishni boshlaymiz, aprel’ oyida 80 ming komplekt ishlab chiqariladi“, — dedi Skvorsova.

Shuningdek, u hozirda Rossiya Federal’ tibbiy-biologiya agentligida koronavirusga qarshi yetti turdagi vaksina mavjudligini ta’kidladi. Biroq, ushbu vaksinalar kamida 11 oydan keyin qo‘llashga tayyor bo‘ladi.

Ayni damda Rossiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha 1036 ta holat aniqlangan. Ularning aksariyati Moskva shahrida qayd etilgan. 45 kishi sog‘ayib ketdi, to‘rt bemor pandemiya qurboni bo‘ldi.