Foto: Xalq so’zi

Bugun, 2020-yil 12-fevral kuni Oʻzbekiston Mudofaa vazirligining Harbiy-havo kuchlariga tegishli Il-76MD, UK-76008 “08-oq” samolyoti Xitoy Xalq Respublikasiga gumanitar yordam yuklari bilan Pekinga joʻnab ketdi. Bu haqida “Xalq so’zi” xabar bermoqda.

Maxsus yuklar tarkibida yangi turdagi koronavirus — Covid-19 (2019-nCov) tarqalishining oldini olishga qaratilgan zarur boʻlgan shaxsiy himoya vositalari mavjud.

Eslatib oʻtamiz, Xitoyda koronavirusdan halok boʻlganlar soni 1000dan oshdi.