Dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish soni 600 ming kishidan oshdi, shu bilan birga 131 mingdan oshiq odam davolandi, ushbu ma’lumot Jon Xopkins Amerika universiteti ma’lumotlariga asoslanib tayyorlandi.

Foto: Google

Universitet ma’lumotlariga ko’ra, hozirda 601, 478  kishi COVID-19 bilan kasallangan, 27, 862 kishi vafot etgan. Dunyoda ushbu infeksiyadan sog’ayganlar soni esa jami 131, 826 kishini tashkil etgan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq ushbu ko’rsatgich 500 mingdan oshiqni tashkil etayotgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi.