Bugun Qozog’istonda koronavirus infeksiyasidan sog’ayib ketganlar soni 14 nafarga yetdi, deya xabar beradi “Kazinform” axborot agentligi “Coronavirus2020.kz”ga tayanib.

Foto: Kazinform

Mamlakat Operatsion shtab so’nggi ma’lumotlariga ko’ra, sog’ayib ketgan 14 kishidan 12 nafari Nur-Sultondan va ikkitasi Olmaotadan bo’lganlar, deyiladi xabarda.

Bugungi kunda mamlakatda 204 ta koronavirus ro’yxatga olinganligi tasdiqlandi, shundan: Nur-Sultonda – 117 ta, Olmaotada – 58 ta, Qarag’andada – 4 ta, Jambil viloyatida – 3 ta, Atirau viloyatida – 4 ta, Akmola viloyatida – 5 ta, Chimkentda – 2 ta, Sharqiy Qozog’iston viloyatida – 2 ta, Olmaota viloyatida – 4 ta, Aqto’be viloyatida – 1 ta, Shimoliy Qozog’iston viloyatida – 1 ta, Pavlodar viloyatida – 1 ta, Mang’estau viloyatida – 1 ta, Qizilo’rda viloyatida – 1 ta.

Avvalroq ushbu mamlakatda bir nafar bemor vafot etgani haqida berilgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 595 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 27 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.