Mamlakatimizning London shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq holat tufayli Buyuk Britaniyaning Ichki ishlar vazirligi rasmiy portalida Birlashgan Qirollik hududida bo‘lib turgan chet el fuqarolarining vizalarini uzaytirish bo‘yicha yangi qoidalarni joylashtirdi, deb xabar bermoqda TIV.

Tashqi ishlar vazirligi TIV
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

Mamlakatimizning London shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq holat tufayli Buyuk Britaniyaning Ichki ishlar vazirligi rasmiy portalida Birlashgan Qirollik hududida bo‘lib turgan chet el fuqarolarining vizalarini uzaytirish bo‘yicha yangi qoidalarni joylashtirdi.

Sayohat cheklovlari tufayli Buyuk Britaniyani tark eta olmayotgan va mamlakatda qolish uchun ruxsatnoma muddatlari tugayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaring vizalari 2020 yil 31 mayga qadar uzaytiriladi.

Buning uchun Buyuk Britaniya Immigratsiya xizmati bilan “CIH@homeoffice.gov.uk” elektron pochtasi orqali bog‘lanib, o‘zingiz haqingizda zarur ma’lumotlarni (to‘liq ismingiz, fuqaroligingiz, oldingi vizangiz raqami) berishingiz hamda mazkur mamlakatdan hozirda chiqib keta olmayotganiningizni sababini qisqacha tushuntirib berishingiz kerak (masalan, chegaralarni yopiqligi). Arizachiga murojaat qabul qilinganligi va vizani uzaytirilganligi haqida tasdiqnoma yuboriladi.

Shuningdek, 31 mayiga qadar Buyuk Britaniyani tark etmasdan turib mazkur davlatda uzoq muddatli yashash ruxsatnomasini olish uchun onlayn murojaat etishingiz ham mumkin. Bunday holda, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi o‘zgarmaydi va standart to‘lovni amalga oshirish talab etiladi, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 0800 678 1767 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin (ish kunlarida soat 09:00 dan 17:00 qadar).

Tashqi ishlar vazirligi Buyuk Britaniya hududidagi O‘zbekiston fuqarolariga zarur holatlarda mamlakatimizning London shahridagi Elchixonasi huzuridagi Operativ shtab a’zolariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tadi:

Sultanbek Imamov, konsul, +44 (0) 7920443049
Aliyor Tilavov, maslahatchi, +44 (0) 7741892812
Ravshan Duschanov, 2-kotib, +44 (0) 7825221946
Shoxruz Samadov, attashe, +44 (0) 7780687935