Joriy yilning 27 mart kuni Surxondaryo viloyat hokimligida viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati bu haqida xabar bermoqda.

Foto: Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Viloyat hokimi, komissiya raisi To‘ra Bobolov boshqarib borgan yig‘ilishda voha aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini himoya qilish hamda koronavirus infeksiyasining viloyat hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish maqsadida, 2020 yil 28 mart kuni soat 06:00 dan boshlab, viloyatning Termiz shahri va tuman hududlariga kirish-chiqish, har qanday transport vositalarining (avtobus, mikroavtobus, yengil avtomototrasportlar) harakatlanishi (oziq-ovqat mahsulotlari, dori darmon vositalarini tashuvchi avtotransport vositalari bundan mustasno) to‘xtatilishi belgilandi.

Shuningdek, Termiz shahri va tumanlarda doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga, Termiz shahri va tumanlarda joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, shifokor va hamshiralar, davlat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari hamda viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulotda komissiyasining alohida topshirig‘iga asosan viloyat tumanlariga biriktirilgan mas’ul xodimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, deyiladi xabarda.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Toshkent, Namangan, Guliston, Buxoro, Farg’ona ham karantinga yopilishi haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni Parijdan uchib kelgan fuqaroda qayd etilgan. Ayni vaqtga kelib mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 104 nafarni tashkil etmoqda.