Deceuninck-Quick Step jamoasining kolumbiyalik a’zosi Fernando Gaviriya koronavirusdan tuzaldi, deb xabar bermoqda “Prosports” nashri.

Foto: Namangan haqiqati

Velosportchi bu haqida o‘zining Instagram sahifasida ma’lum qilgan.

“Birlashgan Arab Amirliklarida menga g‘amxo‘rlik qilgan barcha tibbiyot jamoasiga, shuningdek, davolanish vaqtida meni qo‘llab-quvvatlaganlarga rahmat aytaman! Oxirgi koronavirusga qarshi tekshiruvlarim manfiy natija ko‘rsatdi va men shifoxonadan uyga qaytyapman”, dedi u.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 595 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 27 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.