Karantin tadbirlari e’lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo‘yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami – 7 157 ta holat aniqlangan, deb xabar bermoqda IIV.

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Ular:

  • Toshkent shahrida – 1, 046 ta holat;
  • Toshkent viloyatida – 632 ta holat;
  • Jizzax viloyatida – 772 ta holat;
  • Buxoro viloyatida – 406 ta holat;
  • Samarqand viloyatida – 712 ta holat;
  • Qashqadaryo viloyatida – 346 ta holat;
  • Surxondaryo viloyatida – 463 ta holat;
  • Xorazm viloyatida – 115 ta holat;
  • Sirdaryo viloyatida – 229 ta holat;
  • Farg‘ona viloyatida – 951 ta holat;
  • Navoiy viloyatida – 169 ta holat;
  • Namangan viloyatida – 630 ta holat;
  • Andijon viloyatida – 456 ta holat;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 230 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda, deyiladi xabarda.