Qozog‘istonda yana 41 ta koronavirus infeksiyasi qayd etildi, deb xabar beradi “Tengrinews”.

Foto: Tenginews

32 yangi holat Nur-Sultonda, ikkitasi Olmaotada, ikkitasi Sharqiy Qozog’iston viloyatida, ikkitasi Akmola viloyatida, bitta Olmaota viloyatida, bitta Qizilo’rda viloyatida va bitta Atirau viloyatida qayd etildi.

Hammasi bo’lib, ayni vaqtda Qozog’istonda 191 ta COVID-19 kasalligi qayd etildi.

Nur-Sulton va Olmaotada koronavirus bilan og’rigan bemorlarning ko’pi – mos ravishda 107 va 57 nafar bemorlardir, deyiladi xabarda.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasidan sog’ayib ketganlar soni ayni vaqtda 3 nafarni tashkil etmoqda.

Avvalroq ushbu mamlakatda bir nafar bemor vafot etgani haqida berilgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 595 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 27 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.