“O‘zbekneftgaz” AJning Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Ko‘kdumaloq” neft va gaz konlari majmuasidagi 2-sonli yig‘uv joyi (SP-2) siquv kompressor stansiyasida ta’mirlash ishlari olib borildi.

Foto: Sputnik

Avariya holatida ishdan to‘xtab qolgan kichkina siquv kompressor stansiyasida ichki imkoniyatlaridan foydalanib, xorijiy mutaxassis va boshqa tashkilotdan mutaxassislar jalb qilmagan holda ta’mirlash ishlari to‘liq tugatildi.

“Ko‘kdumaloq” koninig 2-sonli yig‘uv joyi siquv kompressor stansiyasidagi KU-100 agregatidagi o‘rnatilgan “Sumskoye NPO” AJ (Ukraina) tomonidan ishlab chiqarilgan 252GS1-530/1,7-4,4M126 rusumli kompressoridagi nosozlikni bartaraf etildi.

Kompressor rotori Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi “UNGM-DR SERVIS MARKAZI” MChJ QKda qisqa muddatda ta’mirlab kelindi va ishchi holatga keltirish uchun kompressorining rotori, labirintli gaz dinamik uplotneniyalari ichki imkoniyatdan foydalangan holda almashtirildi.

“O‘zbekneftgaz” AJning Uglevodorodlar qazib chiqarish departamenti va Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi ishchi xodimlari ishchi kuchi bilan belgilangan vazifa o‘z muddatida amalga oshirildi. Natijada “Ko‘kdumaloq” siquv kompressor stansiyasi zaxira agregati bilan ta’minlandi.

Ma’lumot uchun: “Ko‘kdumaloq” neft va gaz konlari majmuasidagi 2-sonli yig‘uv joyi siquv kompressor stansiyasi Ukrainaning “Sumskoe NPO” AJda ishlab chiqarilgan TKA-S-6,3A/0,17-0,9M rusumli gaz haydash agregati asosida ishlaydi. Kunlik 1,125 million metr kub gaz haydash quvvatiga ega bo‘lgan ushbu stansiya 2011 yilda foydalanishga topshirilgan.