Bruney hukumati mamlakatda koronavirus tufayli birinchi o’limni tasdiqladi. Bu haqida shanba kuni mamlakatning mahalliy Sog’liqni saqlash vazirligida ma’lum qilindi.

Foto: Google

Xabarga ko’ra, u 64 yoshli mahalliy aholi vakili bo’lib chiqdi va u Bruneyda koronavirus aniqlangan 25-shaxs bo’lgan. Unga ushbu kasallik tashxisi 12 mart kuni, 4 mart kuni Kambodjadan qaytganidan keyin berilgan. Sog’liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, erkakning birinchi alomatlari 8 mart kuni paydo bo’lgan. 16 martdan beri u reanimatsiya bo’limida edi, ammo o’tgan juma kuni vafot etdi, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, yana olti kishi davolandi, davolanganlarning umumiy soni 11 nafarga yetdi. Sog’liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko’ra 874 kishi karantinni tark etishgan, hozir esa 1, 140 kishi u yerda. 

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 595 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 27 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.