Qozog‘iston poytaxti rasmiylari koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 30 martdan 5 aprelgacha shaharda jamoat transportini to‘xtatishga qaror qilishdi. Bu haqida Nur-Sulton ma’muriyati rahbari Altay Kulginov ma’lum qildi.

qozoq avtobus
Foto: Google

“Ma’lumki, bemorlarning soni o’sishda davom etmoqda, afsuski, halokatli natijalar mavjud. Bu infeksiya qanchalik xavfli ekanligini va barcha xavfsizlik choralariga rioya qilish qanchalik muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi. Biz ushbu (bemor vafot etgan) kasalxonani karantinga qo’ydik”, deyiladi xabarda..

Hokimning so’zlariga ko’ra, qattiq choralarsiz infeksiyaning tarqalishini sekinlashtirish va to’xtatish mumkin bo’lmaydi. “Shu sababli 30 martdan 5 aprelgacha jamoat transporti harakati to’xtatib qo’yiladi. Biz avtobus parkini to’liq tekshiruvdan o’tkazamiz”, dedi u.

Eslatib o’tamiz, ushbu mamlakatda koronavirus bilan kasallanganlar soni 150 nafarni tashkil etmoqda, kasallikdan 1 nafar vafot etgan shaxs ham qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 595 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 27 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.