Foto: France 24

Xitoyda 2019 yil oxirida aniqlangan yangi “COVID-19” koronavirusidan so’ngi ma’lumotlarga ko’ra 1113 kishi vafot etdi, 4740 kishi tuzaldi, deb xabar beradi XXR Sog’liqni saqlash qo’mitasi. Xitoyda ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 44,6 ming kishidan oshdi, ulardan 8,2 mingining ahvoli og’ir. Dunyoda koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 45,1 ming kishini tashkil qiladi.

Yaponiyadagi Diamond Princess kruiz kemasida yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni esa 174 kishiga yetdi. Kema bortida 50ta mamlakatdan 3,6 ming kishi, shu jumladan 24 nafar Rossiya fuqarolari bor. Virusga chalinganlar orasida Rossiya fuqarolari yo’q.

Eslatib o’tamiz, 2019 yil dekabr oyining oxiridan boshlab ushbu yangi kasallik tarqala boshladi, ikki oy ichida butun dunyo bo’ylab yuqtirish holatlari qayd etildi. Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti koronavirus tarqalishini favqulodda holat deb tan oldi.