Koronavirus bilan kasallangan ilk bemor shanba kuni kasalxonada vafot etdi. Bu haqida Petra axborot agentligi xabar berdi.

Foto: Reuters

“83 yoshli iordaniyalik tanadan kuchli zaharlanish natijasida zaiflashib koronavirusdan vafot etdi”, dedi u. Bosh shifokorning so’zlariga ko’ra, ayol kasalxonaga avvalroq xususiy klinikadan olib kelingan.

Qirollik Sog’liqni saqlash vaziri Saad Jaberning aytishicha, so’nggi kunlarda mamlakatda yuqtirganlar soni 237 kishiga yetdi. Uning ta’kidlashicha, uchta bemorning ahvoli og’ir, ular intensiv davolash kurslariga muhtoj, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 595 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 27 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.