Shanba kuni Yaponiyaning shimoliy Aomori va Xokkaydo prefekturalarida 4,9 magnitudali zilzila yuz berdi, sunami xavfi e’lon qilinmadi. Bu haqida Yaponiya milliy meteorologiya boshqarmasi xabar berdi.

Foto: Google

Zilzila epitsentri Tinch okeanida Xonshu va Xokkaydo orollari o’rtasida joylashgan bo’lib, zilzila o’chog’i 60 km chuqurlikda okean tubida joylashgan.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma’lumot olinmadi. Zilzilalar Xonshu shimoli-sharqidagi Akita va Ivate prefekturalarida ham sezilgan, deyiladi xabarda.