Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko’ra AQShda koronavirus infeksiyasini 100 mingdan ortiq yuqtirish holatlari qayd etilgan. Mamlakatda deyarli 1,6 ming kishi vafot etgan. Germaniyada ushbu kasallikka chalinganlar soni 50 mingdan oshdi, 300 dan ortiq kishi vafot etdi.

germaniya koronavirus infeksiya kasalxona
Foto: AP Photo / Martin Meissner

Qo’shma Shtatlar infeksiyalar soni bo’yicha Italiya va Xitoyni ortda qoldirdi. Eng ko’p o’lim Nyu-Yorkda qayd etilgan – 350 dan ortiq. Ikkinchi o’rinda King shahri (Vashington) – 100 dan ortiq o’lim.

Koronavirus infektsiyalari soni bo’yicha yetakchi davlatlar (Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko’ra):

  • AQSh – 103, 942;
  • Italiya – 86, 498 ;
  • Xitoy – 81, 897;
  • Ispaniya – 65, 719;
  • Germaniya – 50, 871.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 595 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 27 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.