Italiyada bir sutkada 969 kishi koronavirusdan vafot etdi, dedi mamlakat Sog’liqni saqlash favqulodda vaziyatlar bo’yicha komissari Domeniko Arcuri.

Foto: O’zA

Bu kasallikning butun dunyo bo’ylab tarqalishidagi eng katta ko’rsatkichdir.

Shunday qilib, mamlakatda 9, 134 bemor allaqachon infeksiyadan vafot etgan.

Oldingi salbiy rekord o’tgan shanba kuni qayd etilgan edi, ma’murlar ushbu kasallikka chalinganlarning 793 vafot etganini xabar qilishgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 531 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 24 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.