Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya koronavirus pandemiyasi tufayli xorijiy davlatlar bilan parvozlarni to‘xtatayotganini ma’lum qildi.

Foto: RIA novosti

Avvalroq juma kuni Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Faxrettin Kojaning ta’kidlashicha, mamlakatda aniqlangan koronaviruslar soni kuniga 2, 000 tadan oshib, 5, 698 taga yetgan, vafot etganlar soni 92 tani tashkil etgan.

“Bugun biz tinchlik va xalqimizning kelajagi uchun yangi chora-tadbirlarni qabul qildik. Xalqaro havo transporti butunlay to’xtatildi. Shahar bo’ylab sayohat qilish uchun hokimlardan ruxsat olish kerak. Bu birinchi navbatda 30 ta yirik shaharlarga tegishli. Kompaniyalarda eng kam xodim ishlaydi. Barcha uyda bo’lishi kerak”, dedi Erdo’g’an xalqqa murojaatida.

Uning qo’shimcha qilishicha, mamlakatda 42 kishi koronavirusdan davolangan, 344 kishi reanimatsiyada qolmoqda.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 531 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 24 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.