Serbiyalik tennischi Novak Jokovich va uning rafiqasi Yelena koronavirusga qarshi bilan kurashish uchun 1 million yevro xayriya qildi, deya “Reuters” xabar berdi.

Foto: Sof

Ta’kidlanishicha, pullar tibbiy asbob-uskunalar va o‘pkani sun’iy shamollatish moslamalarini sotib olishga sarflanadi.

Bundan oldin Angliyaning “Manchester Yunayted” futbol klubi darvozaboni Devid De Xea koronavirusga qarshi kurashish uchun 300 ming yevro xayriya qilingan edi.

Avvalroq Angliyaning “Liverpul” futbol klubi hujumchisi Muhammad Saloh Misrda koronavirusga qarshi kurashish uchun 1,17 million yevro ehson qilgani haqida xabar qilingan edi.