Qozog’iston Respublikasida yangi koronavirus bilan og’rigan bemorlar soni 150 nafarga yetdi, deb xabar beradi “Tengrinews” Sog’liqni saqlash vazirligiga tayanib.

Foto: Pixabay

Shunday qilib, mamlakatda COVID-19 bilan og’rigan bemorlar soni 150 taga yetdi.

“Bugungi kunda mamlakatda koronavirusni ro’yxatga olishning 150 ta holati tasdiqlandi, shundan: Nur-Sultonda – 75 ta, Olmaotada – 55 ta, Qarag’anda – 4 ta, Jambil viloyatida – 3 ta, Atirau viloyatida – 3 ta, Akmola viloyatida – 3 ta holat, Chimkent – 2ta, Olmaota viloyatida – 1 ta, Aqto’be viloyatida – 1 ta, Shimoliy Qozog’iston viloyatida – 1 ta, Pavlodar viloyatida – 1 ta, Mang’estau viloyatida – 1ta kasallik aniqlangan”, deyiladi xabarda.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasidan sog’ayib ketganlar soni ayni vaqtda 3 nafarni tashkil etmoqda.

Kecha bir nafar bemor vafot etgani haqida berilgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 531 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 24 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.