Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Lev Leshchenko bo‘lgan kechada qatnashganini aytdi, keyinchalik Leshchenkoda koronavirus aniqlandi, deya xabar beradi Gazeta.ru muxbiri.

Foto: RBC

– Ha, men u yerga bordim. Leshchenkoni ko‘rmadim, ehtimol men borganimda u allaqachon ketgan edi. Hech kim u yerda qo‘l uzatib salomlashmadi va bunga ikki haftadan ko‘proq vaqt o‘tdi, dedi Peskov.

Kecha Leshchenkoda COVID-19 koronavirusi tasdiqlaganligi ma’lum bo‘ldi. 13 mart kuni u Alla Krutoyning tug‘ilgan kunida, Oleg Gazmanov, Nikolay Baskov, Aleksandr Rozenbaum, Aleksandr Buynov, Lera Kudryavseva, Alsu, Valeriy Leontev, Aleksandr Serov, Ani Lorak, Aleksandr Revva va boshqalar ishtirok etgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 531 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 24 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.