Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi COVID-19 koronavirusni aniqlash va davolashda tavsiya qilinadigan eng dorilar roʻyxatini eʼlon qildi. Bu Rossiya SSV tomonidan chiqarilayotgan tavsiyanomaning 4 – tahriri boʻlib unga bir qator yangi preparatlar nomlari kiritilgan, deb yozadi “Sputnik”.

Foto: Freepik

Rossiyalik mutaxassilar doimiy ravishda xorijlik hamkasabalari bilan muloqotda boʻlib, koronavirusni davolashda eng samarali choralar borasida fikr almashmoqdalar, deyilgan xabarda.

Atipik pnevmoniyaga chalingan bemorlarni kuzatuv natijasida bir necha dori vostalarini oʻzaro biriktirilgan holda foydalanish samarali deb topilgan. Xususan bu Lopinavir +  ritonavir, xloroxin, gidroksixloroxin va interferonlardir, deyilgan xabarda.

Shuningdek COVID-19ni davolashda samarali deb hisoblangan va ayni damda klinik sinovdan oʻtayotgan dori vositalari orasida umifenovir, remdesivir, favipiravir kabi dorilar bor.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 531 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 24 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.