Krasnodar o’lkasida yirik teraktning oldi olindi, uning tashkilotchisi hibsga olingan, deb xabar beradi “RIA novosti” Rossiya FSB jamoatchilik bilan aloqalar markaziga tayanib.

Foto: Sputnik

Qayd etilishicha, jinoyat sodir etganlikda gumon qilingan shaxsning avtomobilidan portlovchi moslama olib qo’yilgan.

Tintuv paytida huquq-tartibot idoralari xodimlari ushlanganning telefonida Rossiya Federatsiyasida va ko’plab mamlakatlarda taqiqlangan “terror tashkilot” a’zolari bilan yozishmalar topishgan.

Shu hafta boshida FSB agentlari Kabardino-Balkariyada uchta jangarini zararsizlantirgani aytilmoqda. Guvohlanayotganlardan birining yashash joyida ikkita yaroqsiz portlovchi moslama va ularni ishlab chiqarish uchun komponentlar topilgan. Jangarilar qo’lga olinganishdan oldin huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarata o’t ochishgan, deyiladi xabarda.