27 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:05 (Toshkent vaqti bilan 18:05) da Nur-Sultonda to’qqizta yangi koronavirus holati qayd etildi, deb xabar beradi “Tengrinews“.

Foto: Tenginews

Mamlakatda koronavirus infeksiyasining 135 ta holati tasdiqlandi, shundan: Nur-Sultonda – 69 ta, Olmaotada – 48 ta, Qarag’anda – 4 ta, Chimkentda – 2 ta, Akmola viloyatida – 1 ta, Olmaota viloyatida – 1 ta, Aqto’be viloyatida – 1 ta, Atirau viloyatida – 3 ta, Jambil viloyatida – 3 ta, Shimoliy Qozog’iston viloyatida – 1 ta, Pavlodar viloyatida – 1 ta, Mang’estau viloyatida – 1 ta.

Mamlakatda koronavirus infeksiyasidan sog’ayib ketganlar soni ayni vaqtda 3 nafarni tashkil etmoqda.

Kecha bir nafar bemor vafot etgani haqida berilgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 531 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 24 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.