Taniqli kinorejissyor Zulfiqor Musoqovga “Kino san’ati” telegram kanali “Karantin paytida ko‘rish uchun kinotomoshabinlarga qaysi filmlarni tavsiya qilasiz?” degan savol bilan murojaat qilishdi.

Foto: Kino san’ati

Zulfiqor Musoqov kinotomoshabinlarga karantin paytida quyidagi jahon filmlarini ko‘rishni (tomosha qilganlar qayta ko‘rishni) tavsiya qildi.

  1. “Fantomas” (Andre Yunebel, 1964)
  2. “Terminator 1” (Jeyms Kemeron, 1984)
  3. “Terminator 2” (Jeyms Kemeron, 1991)
  4. “Yura davriga sayohat” (Stiven Spilberg, 1993)
  5. “Tubsizlik” (Jeyms Kemeron, 1989)
  6. “Chujoy” (Ridli Skott, 1979)

Shuningdek, rejissyor o‘zining filmlaridan karantin paytida ko‘rish uchun quyidagi filmlarni tavsiya qildi:

  1. “Bomba”
  2. “Qovun”
  3. “Oy ostidagi hovli”
  4. “Kalish”
  5. “Kichkina tabib”
  6. “Novda”

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so’raymiz.