Bugun, 27 martdan boshlab Farg‘ona viloyat markaziga kirish-chiqish yo‘llari yopilib, shaharda jamoat transporti harakati vaqtinchalik cheklandi. “O’zA” bu haqida ma’lum qildi.

Foto: O’zA

Maxsus tashkil etilgan stasionar postda avtotransport vositalarining kirib-chiqish mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquq-tartibot idoralari, korxona, tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning avtotransport vositalari majburiy ravishda dezinfeksiya qilinadi.

Shaharga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, huquq-tartibot idoralari, shifokor va hamshiralar, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari va viloyat hokimining topshirig‘a ko‘ra tuman va shaharlarga biriktirilgan mas’ul xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.