Koronavirus infeksiyasini yuqtirgan uchinchi qozog’istonlik Olmaotadagi kasalxonadan chiqarildi, deb xabar beradi “Tengrinews” nashri “Coronavirus2020.kz”ga tayanib.

Foto: RIA novosti

Bu Qozog’istonda birinchilardan bo’lib COVID-19 ni aniqlagan odam bo’lib chiqdi.

Jamoat sog’liqni saqlash boshqarmasi ma’lumotlariga ko’ra, uni nazorat qilishda koronavirus uchun olingan natijalari salbiy bo’lgan.

“Bu bemor 13 martga o’tar kechasi Olmaota – Berlin – Minsk – Olmaota reysi bilan Olmaotaga kelgan. U to’liq virusga qarshi davolash va simptomatik davolash kursini o’tkazdi. Kasallik yengil kechgani aytilmoqda. Davolanish paytida hech qanday asoratlar aniqlanmadi, deyiladi xabarda. Ayni vaqtda u uy karantinida deyialdi xabarda.

Bugungi kunga qadar ushbu mamlakatda koronavirusni ro’yxatga olishning 126 ta holati tasdiqlangan. Jumladan, Nur-Sultonda 60 ta, Olmaotada 48 ta, Qaragandada 4 ta, Jambil viloyatida 3 ta, Atirau viloyatida 3 ta, Chimkentda 2 ta, Olmaota viloyatida 1 ta. Aqto’be viloyatida – 1ta, Shimoliy Qozog’iston viloyatida – 1 ta, Akmola viloyatida – 1ta, Pavlodar viloyatida – 1ta, Mang’estau viloyatida – 1ta.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 531 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 24 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.