O’n olti yoshli Fransiya fuqarosi COVID-19 koronavirusidan vafot etdi, deb xabar beradi “L’Express“.

janubiy koreya koronavirus
Foto: Yonhap axborot agentligi

O’tgan hafta qiz kichik yo’talishlarni boshlagan. Keyin uning ahvoli yomonlasha boshladi, yo’tal kuchayib, bo’g’a boshlagan va natijada kasalxonaga yotqizilgan.

Kasalxonada unga koronavirus tashxisi qo’yilgan va bir necha kundan keyin u infeksiyadan kelib chiqqan nafas olish muammosidan vafot etgan. Fransuz ayol Yevropada koronavirusning eng yosh qurboniga aylandi.

Qarindoshlarning so’zlariga ko’ra, u surunkali kasalliklarga duch kelmagan va sog’lig’i haqida shikoyat qilmagan. Marhumning singlisi jurnalistlarga aytishicha, ular virus asosan keksalarga tahdid solayotganiga amin edi va ro’y bergan voqeadan qattiq hayratda qolishganini aytdi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 531 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 24 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.