O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilgan dastlabki o‘rganish natijasiga ko‘ra, bugungi kunda respublikamizda shaxsiy himoya niqoblari ishlab chiqaruvchi 89 ta korxonalar (ilovada keltirilgan) faoliyat yuritayotganligi va ularning kunlik ishlab chiqarish quvvati 1,77 mln. donani tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

tibbiy niqob maska
Foto: RIA novosti

Mazkur ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan shaxsiy himoya vositalarining ulgurji narxi foydalanilgan hom ashyodan kelib chiqib, hususan, spandbon asosidagi niqoblar 800 – 2100 so‘m, dokadan tayyorlangan niqoblar 1000 – 1500 so‘m, trikotaj matosidan tayyorlangan niqoblar 1500 – 1700 so‘m miqdorida shakllantirilgan.