Janubiy Koreya Respublikasi ish beruvchilari tomonidan shartnoma loyihalari va viza tasdiqnomalari berilgan hamda 2020 yil mart-aprel oylarida Koreya Respublikasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jo‘natilishi rejalashtirilgan nomzodlarga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumot berdi.

Foto: Google

Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi hududiga koronavirus COVID-19 (Coronavirus Disease-19) infeksion kasalligi kirib kelganligi sababli 2020 yil 16 mart kunidan karantin e’lon qilingan.

Hukumat Maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq dunyoning barcha davlatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida xalqaro avia, temir yo‘l va avtobus aloqalari va barcha chegara o‘tkazish punktlari orqali O‘zbekiston fuqarolarining xorijiy davlatlarga qatnovlari vaqtinchalik to‘xtatilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, shartnoma loyihalari kelgan O‘zbekiston fuqarolarini Koreya Respublikasiga mehnat faoliyatini olib borish uchun yuborilishi noma’lum muddatga qoldirilganligini ma’lum qilamiz.

Epidemiologik vaziyatning barqarorlashishi bilan shartnoma loyihalari kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkiliy holda Koreya Respublikasiga yuborilishini tashkillashtirish masalalari Agentlik hamda mutasaddi tashkilotlar nazoratiga olingan, deyiladi xabarda.