So’nggi 24 soat ichida Rossiyada yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 196 taga ko’paydi va bugungi kunda 1036 kishini tashkil qildi, mamlakatning 58 mintaqasida ushbu kasallik aniqlangan. Ayni paytda 45 kishi tuzalib davolandi.

Foto: Pixabay

“Rossiya Federatsiyasida bugungi kunga qadar 58 ta hududda 1036 ta koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. O’tgan bir kun ichida yetti kishi sog’ayib ketdi. Butun davr mobaynida 45 kishi kasallikdan sog’ayib ketgan”, dedi shtab.

Ta’kidlanishicha, Moskvada yangi o’lim holati ham qayd etilgan, yangi koronavirus keltirib chiqargan kasallik natijasida uch kishi vafot etganligi aytiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 531 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 24 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.