“Uzbekistan Airways” xabariga ko’ra, bekor qilingan qatnovlarga bo’lgan aviachiptalarni qaytarish va pul mablag’larini to’lash murojaatlar kelib tushishi bilan navbat tartibida amalga oshiriladi.

Foto: Nuz

Avval xabar berganimizdek, bizga har kuni bekor qilingan qatnovlarga bo’lgan aviachiptalarni qaytarish va qayta bronlash masalasida ko’plab arizalar tushmoqda. Ularning soni juda ko’p bo’lgani sababli biz bu jarayonning ma’lum bir muddatini belgilab bera olmaymiz.

Sizga shuni ma’lum qilamizki, bekor qilingan qatnovlarga bo’lgan aviachiptalarni qaytarish va pul mablag’larini to’lash murojaatlar kelib tushishi bilan navbat tartibida amalga oshiriladi.

Eslatib o’tamiz, chiptalarni qaytarish yoki ularni cheklovlar bekor qilinganidan so’ng amalga oshiriladigan aviakompaniyamizning qatnovlariga qayta bronlash jarimalar va sanktsiyalarsiz amalga oshiriladi.

Shuningdek, sizning e’tiboringizni aviachipta bir yil davomida amal qilishiga qaratamiz, deyiladi xabar so’ngida.