Qozog’istonda koronavirusning yana 4 ta holati qayt etildi, deb xabar bermoqda “Tenginews” nashri.

Foto: RIA novosti

27 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:00 (Toshkent vaqti bilan 11:00) da mamlakatda koronavirusni ro’yxatga olishning 124 ta holati tasdiqlandi, shundan 60 ta Nur-Sultonda, 48 ta holat Olmaotada, 4 ta Qarag’anda, 3 ta Jambil viloyatida, 3 ta Atirau viloyatida, Chimkentda 3 ta holat, Olmaota viloyatida – 1 ta, Aqto’be viloyatida – 1 ta, Shimoliy Qozog’iston viloyatida – 1 ta, Akmola viloyatida – 1 ta, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Qozog‘istonda birinchi bemor, 64 yoshli ayol koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgan edi. U Akmola viloyati Kosshi qishlog’ida xususiy uylarning birida yashagan. Bemorning o’limiga ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligi, diabetga qarshi sepsis sabab bo’lgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 531 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 24 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.