AQSh prezidenti Donald Tramp, Xitoy Prezidenti Si Szinpin bilan suhbatlashdi va sayyoramizning muhim qismini qamrab olgan koronavirus bilan bog’liq vaziyatni batafsil muhokama qilganini aytdi.

Foto: Google

“Men XXR raisi Si Tszinpin bilan juda yaxshi suhbatlashdim. Sayyoramizning muhim qismlarini qamrab olayotgan Koronavirus haqida juda batafsil muhokama qilindi. Xitoy juda ko’p narsalarni boshdan kechirdi va virus haqida aniq tushunchani ishlab chiqdi. Biz u bilan yaqindan ishlaymiz”, deb yozdi Tramp o’zining rasmiy Twitter sahifasida.

Avvalroq AQSh koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni bo’yicha rekord qayd etgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 531 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 24 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.