Quvasoy shahar “O‘zbekiston” chegara postida mazkur fuqarolarda belgilangan sanitariya talablari asosida zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi. Bu haqida Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati

Joriy yil 26 mart kuni soat 23:00 da Quvasoy shahridagi “O‘zbekiston” chegara postida Qirg‘iziston Respublikasining Qizil-qiya shahridan kelgan jami 67 nafar (62 erkak, 5 ayol, shundan 1 nafar voyaga yetmagan, 2 nafar nogiron, shundan, Samarqand viloyatidan 7 nafar, Qashqadanyo viloyatidan 5 nafar, Andijon viloyatidan 4 nafar, Farg‘ona viloyatidan 51 nafar) fuqarolar kutib olindi.

Quvasoy shahar “O‘zbekiston” chegara postida mazkur fuqarolarda belgilangan sanitariya talablari asosida zararsizlantirish ishlari o‘tkazildi.

Tekshiruv natijasida bir fuqaroda tana harorati 37,4 S bo‘lganligi sababli tez tibbiy yordam mashinasida viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborildi.

Qolgan 66 nafar fuqarolar maxsus ajratilgan avtobuslarda Quvasoy shahridagi “Kvars” AJga qarashli sog‘lomlashtirish markaziga joylashtirildi va to‘liq tibbiy kuzatuvga olindi.