AQSh hukumati COVID-19 koronavirusining dunyoda tarqalishiga qarshi kurashish uchun taxminan 274 million dollar ajratishga qaror qildi. Ushbu mablag’ shoshilinch tibbiy va gumanitar yordam ko’rsatishga sarflanadi, dedi Davlat kotibi Mayk Pompeo.

Foto: Sputnik

Janob Pompeoning ta’kidlashicha, mablag’lar virus pandemiyasidan eng ko’p zarar ko’rgan 64 mamlakatga taqdim etiladi.

Avvalroq AQSh koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni bo’yicha rekord qayd etgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 531 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 24 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.