Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida tozalangan metan gazi asosida suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish va Majmuadagi ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish investisiya loyihalari doirasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Foto: “O‘zbekneftgaz” AJ matbuoat xizmati

Hozirda “Sredazenergosetproekt” Aksiyadorlik jamiyati loyiha instituti bilan birgalikda Sho‘rtan GKM va GTL zavodi tashqi elektr ta’minoti loyihasi ishlab chiqilgan.

Amalga oshirilayotgan loyihalar uchun ishlab chiqilgan tashqi elektr ta’minoti uchun har biri 125 MVA quvvatga ega 2 transformatorli “GTL 220/35/10 kV” podstansiyasi qurilish ishlari faol davom ettirilmoqda va barcha qurilish, montaj va sozlash ishlari belgilangan muddatda bajariladi, deyiladi “O‘zbekneftgaz” AJ xabarida.