27 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 07:50 (Toshkent vaqti bilan 06:50) da Qozog’istonda Olmaota shahrida koronavirus infeksiyasining yana 7 holati qayd etildi. Bu haqida  Sog’liqni saqlash vazirligi Tovarlar va xizmatlarning sifati va xavfsizligi qo’mitasining Telegram kanali xabar qildi.

Foto: Tenginews

Shunday qilib, mamlakatda COVID-19 infeksiyasining 120 ta holati tasdiqlandi. Shulardan, Nur-Sultonda – 60 ta, Olmaotada – 47 ta, Qarag’andada – 4 ta, Chimkentda – 2 ta, Akmola viloyatida – 1 ta, Olmaota viloyatida – 1 ta, Aqto’be viloyatida – 1 ta. Jambil viloyati – uchta, Shimoliy Qozog’iston viloyatida – bitta holat aniqlangan.

Avvalroq, Qozog‘istonda birinchi bemor, 64 yoshli ayol koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berilgan edi. U Akmola viloyati Kosshi qishlog’ida xususiy uylarning birida yashagan. Bemorning o’limiga ikki tomonlama pnevmoniya, nafas yetishmovchiligi, diabetga qarshi sepsis sabab bo’lgan.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 531 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 24 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.