Foto: Gazeta.uz

2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasida hokimlarni zamonaviy boshqaruv asoslari bo‘yicha o‘qitish va ularning malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqish belgilangan.

Dasturda viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimlarini boshqaruv asoslari bo‘yicha o‘qitish, xorijiy mamlakatlarning nufuzli tashkilotlarida malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.