“AliExpress” kompaniyasining asoschisi bo‘lgan Jek Ma Rossiyaga samolyot orqali tibbiy niqoblar va koronavirusni aniqlash uchun testlarni yubordi, deb “Forbes” xabar bermoqda.

Foto: Google

Bu xitoyliklarning javobidir. Fevral oyida rossiyalik sheriklari Uxandagi infeksiyaga qarshi kurash uchun tibbiy vositalarni xayriya qilgan edilar.

Forbes hisobotida aytilishicha, Xitoyning eng yirik kompaniyalaridan biri Alibaba (AliExpress do‘koniga egalik qiladi) xayriya jamg‘armasi va uning asoschisi, milliarder Jek Ma jamg‘armasi, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashishda yordam berish uchun Rossiyaga tibbiy yuklarni yetkazib berdi.

Alibaba va Jek Ma fondi koronavirusdan zarar ko‘rgan boshqa mamlakatlarga, jumladan Italiya, Fransiya va Ispaniya, Janubi-Sharqiy Osiyo va Afrika mamlakatlariga ham yordam bermoqda.