Dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanish soni 500 ming kishidan oshdi, shu bilan birga 123 mingdan oshiq odam davolandi, ushbu ma’lumot Jon Xopkins Amerika universiteti ma’lumotlariga asoslanib tayyorlandi.

Foto: RIA novosti

Universitet ma’lumotlariga ko’ra, hozirda 510, 108  kishi COVID-19 bilan kasallangan, 22, 993 kishi vafot etgan. Dunyoda ushbu infeksiyadan sog’ayganlar soni esa jami 120, 983 kishini tashkil etgan.

Infeksiyaning eng ko’p holatlari Xitoyda qayd etilgan – 81, 782, Italiya – 80, 539, AQSh – 75, 233, Ispaniya – 56, 197 .

Ularning ortidan Germaniya – 43, 646 ta, Eron – 29, 406 va Fransiya – 25, 624 ta.

O’limning eng ko’p soni Italiyada – 8, 165, Ispaniyada – 4, 145, Xitoy – 3, 291 ta.

Eslatib o’tamiz, ikki kun avval ushbu ko’rsatgich 400 mingdan oshiqni tashkil etayotgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi.