Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Joriy yilning 26 mart kuni soat 14:00 larda, Surxondaryo viloyati, Termiz tumanining “Ayritom” mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-99 “Manguzar-Xonrabod-Shartuz” avtomobil’ yo‘lining 14-15 km oralig‘ida 1970 y.t. haydovchi X.B. “Lasetti” rusumli transport vositasini boshqarayotib, yo‘lning qarama-qarshi harakat yo‘nalishiga chiqib ketib, 1996 y.t. haydovchi M.B. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan. Bu haqida IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovchisi X.B. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. “Matiz” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi – 1975 y.t. O‘.A. og‘ir tan jarohati olib shifoxonaga yetmasdan vafot etgan.

Shuningdek, “Matiz” rusumli transport vositasi yo‘lovchisi 1973 y.t. F.A. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.