Qarag’andada ikkita yangi koronavirus holati tasdiqlandi, deb xabar beradi “Tengrinews”  Qozog’iston Sog’liqni saqlash vazirligi xabariga asoslanib.

germaniya koronavirus
Foto: DW com

“26 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 (Toshkent vaqti bilan 20:00) da Qozog’istonning Qarag’anda shahrida yana ikkita koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bugungi kunda mamlakatda koronavirus infektsiyasining 111 ta holati qayd etilgan”, – deyiladi xabarda.

Nur-Sulton va Olmaotada koronavirusni ro’yxatga olish holatlarining aksariyati mos ravishda 61 va 40 kishini tashkil etadi. Ikkita bemor Qarag’anda va Chimkentda; bitadan – Olmaota, Aqto’be, Jambil, Shimoliy Qozog’iston viloyatlarida.

Sal avval ushbu mamlakatdan koronavirus infeksiyasidan ilk o’lim holati haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, yangi koronavirus kasalligining kelib chiqishi 2019 yil oxirida Markaziy Xitoyda qayd etildi, keyinchalik u 150 dan ortiq mamlakatlarga tarqaldi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan pandemiya sifatida tan olindi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda 470 mingdan ortiq odam kasallikni yuqtirgan, 21 mingdan ortiq o’lim qayd etilgan.