Foto: Google

Xabar qilinganidek, «2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Loyihada Yo‘l harakati barcha qatnashchilarining huquqiy madaniyati va malakasini oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilishi belgilangan.

Bunda:

  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga majburiy tartibda yo‘l harakatlari qoidalari bo‘yicha mashg‘ulotlarni kiritish va amaliy mashg‘ulotlar o‘tish (10-11-sinfda);
  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida yo‘l harakatlari qoidalari bo‘yicha imtihon o‘tkazish va natijalari bo‘yicha sertifikat berish;
  • umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini tugatgan va imtihondan o‘tgan shaxslarga haydovchilik guvohnomasi berish tartibini joriy etish nazarda tutiladi.