Davlat soliq xizmati organlarida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqida qo’mitaning axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Google

Xususan:

Dauletbayev Saginbay Kadirbayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Saginbay Dauletbaev 1987 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan.

S.Dauletbayev bungacha Kegeyli tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish sho‘’basi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Irgashev Kamol Jamolovich – Jizzax viloyati Jizzax shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi.

U 1983 yil Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan.

Kamol Irgashev bundan avval Davlat soliq qo‘mitasi Yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Boboqulov Samad Saylovovich – Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi.

U 1988 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.

Samad Boboqulov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq qarzini undirishni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Sultanov Kamoliddin Voxidovich – Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Kamoliddin Sultanov 1984 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.

K.Sultanov bungacha Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Radjabov Shuxrat Nashvanovich – Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi.

U 1982 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan.

Shuxrat Radjabov shu paytgacha Davlat soliq qo‘mitasi Ichki audit boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Dehqonov Otabek Ismatovich – Samarqand viloyati Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1986 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan.

Otabek Dehqonov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Samarqand viloyati Kattako‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Tursunov Zafar Qo‘yliyevich – Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Zafar Tursunov 1986 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan.

Z.Tursunov bungacha Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Mirazov Sanjar Alikulovich – Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Sanjar Mirazov 1983 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan.

U ushbu tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Kadirov Xurshid Abdugaparovich – Toshkent shahar Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga o‘tkazildi.

Xurshid Kadirov 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

X.Kadirov bunga qadar Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi Kameral nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.