2020-yil 26-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vitaliy Fen Koreya Respublikasida istiqomat qilib kelayotgan barcha yurtdoshlarimizga murojaat qildi.

Tashqi ishlar vazirligi TIV
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

“Koronavirus muammosi tufayli bir qator qiyinchiliklar yuzaga kelayotganidan xabarim bor. Shunday bo‘lsada sizlarni o‘z salomatligingizni asrashga chaqiraman, – deyiladi Elchixonaning barcha internet-resurslarida joylashtirilgan murojaatda. – Hozirgi kunda koronavirus butun dunyo bo‘ylab tarqalmoqda, ammo Koreya Respublikasida hukumatning olib borayotgan to‘g‘ri choralari va halqning faol hamkorligi tufayli ushbu virus tez suratda kamayib bormoqda.

Bizning o‘zbek vatandoshlarimiz ham koronavirus tarqalishining oldini olish uchun katta yordam bermoqdalar. Bundan buyon ham Koreya hukumati tomonidan berilayotgan tavsiyalarga yanada qattiqroq rioya qilishimiz kerak, yaʼni odamlar ko‘plab yig‘iladigan joylar va tadbirlarga borishdan saqlanish, shuningdek shahsiy gigiena qoidalari va tozalikka rioya qilish, qo‘llarni tez-tez yuvish va niqobni taqib yurish lozim.

Fuqarolarimiz koronavirusning keng tarqalishini oldini olish uchun ushbu qoidalarga namunali darajada amal qilishlariga va Koreya Respublikasidagi boshqa davlat fuqarolariga nisbatan o‘rnak bo‘lishlariga umid qilaman.

Hurmatli vatandoshlar!

Hozirda bizning elchixonamiz koronavirus muammosi tugaguniga qadar kuniga 24 soat yordam ko‘rsatish xizmati asosida faoliyat yuritmoqda.

Ushbu vaziyat har birimiz uchun qanchalik qiyin bo‘lmasin, bir-birimizga yordam berib, qo‘llab-quvvatlashimiz juda muhim. Men va elchixonaning barcha xodimlari kun bo‘yi 24 soat xalqimiz bilan birga bo‘lib, qiyin kunlarni yengib o‘tish uchun qo‘limizdan kelgancha xizmat qilamiz.

Hurmatli fuqarolar, agar biron bir muammo yoki qiyinchilik yuz bersa, darhol elchixonaga murojaat qiling.

Aziz yurtdoshlar!

Sizu biz birgalikda ushbu og‘ir damlarni oqilona yengib o‘tsak, yaqin kunlarda yana baxtli damlar yetib kelishiga aminman”.

O‘zbekiston Respublikasi Elchixonasi huzuridagi Operativ shtab a’zolarining telefon ma’lumotlari:

O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Elchixonasi:
(+82) 2 574-65-54, (+82) 2 577-36-60
Zokir Saidov, Siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchi
(+82) 10-7281-7731
Alisher Abdusalomov, Savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi
(+82) 10-3213-1972
Erkin Xodjayev, Birinchi kotib
(+82) 10-2674-7798
Akbarjon Turayev, Birinchi kotib
(+82) 10-6659-4504
Xaydar Fayziyev, Konsul, ikkinchi kotib
(+82) 10-6802-1969
Abdumannon Isanov, Attashe
(+82) 10-3213-4505
Ayubxon Abdullayev, “Uzbekistan Airways” AJ vakolatxonasi
(+82) 10 8718-6850
Alisher Sulaymonov, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Kvanju shahridagi vakolatxonasi
(+82) 10-9910-0057